Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Ogohlik — davr talabi!

#ogohlik
#davra_suhbati

📌 «Ogohlik — davr talabi!» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

⚡️ O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-oktabrda videoselekter shaklida o’tkazilgan kengaytirilgan yig’ilishning 6-sonli bayonnomasida ko’rsatilgan muammolar profilaktikasi va belgilangan topshiriqlar yuzasidan Profilaktika inspektori leytenant E.E. Karimov, Profilaktika katta inspektori podpolkovnik S.A. Turanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshligʻi S.S. Berdiyev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i S.S. Xamidov hamda Iqtisodiyot fakulteti faollari, talabalari ishtirokida «Ogohlik — davr talabi!» mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

📌Suhbat davomida is gazidan himoyalanish va texnik xavfsizlik profilaktikasi, elektr va gaz moslamalaridan to’g’ri foydalanish tartibi tushuntirildi.

🛎 Shuningdek, talaba-qizlarning huquqlarini himoya qilish, zo’ravonlikka qarshi kurashish, gender tengligini ta’minlash xususida ham to’xtaldilar. Uchrashuv so’ngida ogohlik davr talabi ekanligi va har birimiz ogoh bo’lishga mas’ul ekanligimiz alohida ta’kidlandi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.