Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Talabalikka bag’ishlov — 2023

#bagishlov

📌 Talabalikka bag’ishlov — 2023 tantanali tadbiri bo’lib o’tdi.

Bayram tadbiri avvalida O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangradi.

⚡️Universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori D.X. Baratov tadbirni ochib berdi. Talabalik baxtiga sazovor bo‘lganlarni qutlab, talabalik — bu o‘qish, ilm olish bilan birgalikda unitilmas onlar, mas’uliyatli damlar ekanini ta’kidladi, o‘qishdan tashqari turli tadbir va to’garaklarda ham barchani faol bo‘lishga chaqirdi.

📝Shundan so‘ng tadbirdan bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan ramziy kalit, reyting daftarchasi va talabalik guvohnomasi birinchi bosqich talabalariga topshirildi.

🎤— Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining baxtli yoshlari qatorida talabalik sharafiga erishganimdan benihoya xursandman, — deydi joriy o‘quv yilida eng yuqori ko‘rsatkich bilan talabalikka qabul qilingan talabalardan biri. — Ayniqsa, o‘zining boy an’anasi, tarixi, ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasidagi o‘rni bo‘yicha yurtimizdagi yetakchi ta’lim muassasasi bo‘lgan Toshkent davlat transport universitetiga o‘qishga qabul qilinganimdan g‘ururlanaman. Kelgusida o‘qishimni faqat a’lo baholarga davom ettirishni maqsad qilib qo‘yganman.

🔖Bayram tadbirining badiiy qismida talabalar tomonidan kuy va qo’shiqlar ijro etildi, quvnoq va zukko yoshlardan iborat «Osmondagi bolalar» jamoasining chiqishlari barchaning kayfiyatiga ko’tarinkilik ulashdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.