#ekskursiya
#TYTM
📌 Tarixiy qadamjolariga ekskursiya uyushtirildi.
⚡️ Temir yo’l transporti muhandisligi fakulteti talaba-yoshlari «O’zbekiston — jannatmakon diyor!» shiori ostida Toshkent viloyati Parkent tumani Kumushkon qishlog’i «Chashma» mahallasida joylashgan Hazrari Ali Buva ziyoratgohiga tashrif uyushtirishdi. Tashrif chog’ida talaba-yoshlar ushbu muqaddas ziyoratgohning tarixi, undagi ulkan chinor hamda 5 ta buloq va maskanning go’zal joylari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif talabalar uchun juda taassurotlarga boy bo’ldi.
✅ Tashrifdan talaba-yoshlar bo’sh vaqtlarini mazmunli hamda tarixni yana bir bor esga olish bilan birga o’tdi.