#Xotin_qizlar_kengashi
📌 Talaba-qizlar bilan sport mashg’ulotlari olib borildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan tо‘g‘ri foydalanish kо‘nikmasini shakllantirish, yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari”ga bag‘ishlab, beshta tashabbus bо‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xotin- qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi raisi F.I.Mamurova boshchiligida fakultetlarning «Qizlarjon» klubi talabalari «Joy Bouling » oʻyingohiga tashrif buyurishdi.
⚡️ Oʻyin talaba-qizlarning vaqtlarini maroqli oʻtkazish hamda jamoaviy birdamlikka olib keluvchi xursandchilik lahzalari bilan maroqli o’tdi.