#ozbek_tilim
#TYTM
📌 «O’zbek tili — milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli» mavzusida adabiy kecha bo’lib o’tdi.
⚡️ O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan «O’zbek tili — milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli» mavzusida Temir yo’l transporti muhandisligi fakulteti tyutorlari va talaba-yoshlari shahrimizda joylashgan «Adiblar xiyoboni» majmuasida Alisher Navoiy va o’zbek adabiyotiga ulkan hissa qo’shgan shoir va yozuvchilar siymosi poyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazishdi.
✅ Tadbirda talaba-yoshlar shoirlarning she’rlaridan o’qishdi . Adabiyot fani o’qituvchisi va fakultet tyutori M.D. Abdullayevaning «Millatim tili» deb nomlangan ma’ruzasi tinglandi. O’zligimizni anglatgan, tilimizning buyukligini ifoda etgan tadbir barchada yuqori taassurot qoldirdi.