#milliy_qadriyatlar
📌 Bugun “Milliy qadriyatlar kuni” doirasida “Milliy qadriyatlarning eng faol targ‘ibotchisi” tanlovi o’tkazildi.
❇️ Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari hamda bir qator san’atga ishtiyoqmand talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Sahnada iqtidorli yoshla ishtirokida quyidagi an’analarimiz aks ettirildi:
Kelin salom;
Milliy raqs;
Aytishuv;
Milliy qoraqalpoq raqsi;
Alla.
❇️Tadbirda talaba-qizlari tomonidan milliy liboslar ko’rgazmasi ham namoyish etildi.
💐Milliy o‘ziga xoslik, o‘ziga moslik millat madaniyatida, san’atida, tilida, urf-odatlarida o‘z ifodasini topadi. Bir so‘z bilan aytganda, milliy qadriyatlar ‒ milliy ma’naviy madaniyat ifodasi bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib hissasining hosilasidir.
✅ Tadbir davomida iqtidorli yoshlar tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.