#profilaktik_tadbir
#ETKM
📌 «Yong‘in xavfsizligi, is gazidan zaharlanishning oldini olish» mavzusida mutaxassislar bilan ochiq davra suhbati tashkil etildi.
🛎 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultetida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.X. Jumanov hamda fakultet tyutorlar jamoasi bilan birgalikda «Yong‘in xavfsizligi, is gazidan zaharlanishni oldini olish» mavzusida mutaxasislar bilan ochiq davra suhbati tashkil etildi. Tadbirga Mirobod tuman yong‘in xavfsizligi bo‘limi katta inspektori, mayor M.X. Boyxonov, kichik inspektor, oddiy askar A.A. Mirzaaxmedovlar taklif etildi.
📎 Suhbat davomida ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun quyidagi tavsiyalar mutaxasislar tomonidan talabalarga aytib o‘tildi:
— Gaz moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish;
— Yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan xonadonni tark etish qoidalari;
— Nosoz elektr asboblaridan foydalanmaslik;
— Transport vositalarida ham yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish lozimligi aytib o‘tildi.