Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Biz korrupsiyaga qarshimiz!

#aksilkorrupsiya_oyligi

📌 “Aksilkorrupsiya oyligi” tadbirlari doirasida talabalari о‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

⚡️ Mazkur tadbir universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “Zakovat intellektual klubi” bilan hamkorlikda tashkillashtirilib, bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan 7 nafar va 1 nafar universitet qoshidagi akademik litsey jamoasi о‘rtasida bо‘lib о‘tdi. О‘yin kо‘taringki ruhda, qizg‘in bahs-munozaralarga boy bо‘lib о‘tdi. 15 ta savoldan iborat bо‘lgan intellektual о‘yinning asosiy qismida 3 ta jamoada natijalar bir xil bо‘lganligi sababli, g‘olib jamoa teng natija qayd etgan jamoalarga qо‘shimcha savol berish yо‘li bilan aniqlandi.

🏆 Yakunda jamoalar quyidagicha natijalarni qayd etishdi:

  1. “Aviator” (Aviatsiya fakulteti) – 5 ball;
  2. “Oppengeymer” (Iqtisod fakulteti) – 4 ball;
  3. “Imperial” (ATMF) – 4 ball;
  4. “Titans” (Akademik litsey) – 3 ball;
  5. “Astro” (AYM) – 2 ball;
  6. “TF-4” (TTB) – 2 ball;
  7. “Yuristlar” (Iqtisod) – 2 ball;
  8. “Gold Star” (QMF) –0
    Eng yaxshi natija qayd etgan “Aviatsiya” fakulteti RQA-1 guruhining 5 nafar talabasidan tashkil topgan “Aviator” jamoasi (jamoa sardori Zohidbek Usmonov) umumiy 5 ball natija bilan g‘oliblikni qо‘lga kiritdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.