Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Xalqaro nogironlar kuni

#muruvvat_kuni
#AYM

📌 «Xalqaro nogironlar kuni» munosabati bilan faollar maktabga tashrif buyurishdi.

⚡️ BMT Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47-sessiyasida 3 dekabr – «Xalqaro nogironlar kun» deb e’lon qilingan.

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunida ushbu sana bayram sifatida belgilab qo‘yilgan.

🎗Bayram munosabati bilan Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti professor-o‘qituvchilari va faol talabalari 57-sonli maktabga hamda 100- sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurishdi.

✨ Tashrif davomida maktabda talabalar tomonidan o‘quvchi-yoshlar uchun bayramona muhitni his qilishga yordam beradigan qiziqarli va ko‘ngil ochar dasturlar namoyish qilindi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.