#mening_konstitutsiyam
#AYM
📌 «Yangi O’zbekistonda inson huqulari» mavzusida maxsus kurslar o’tkazildi
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan, Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti tyutor M.T.Kazakbaeva hafta davomida o‘ziga biriktirilgan guruhlarda “Konstitutsiyam — qadr qimmatim” mavzusida davra suhbatlarini tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
✅ Xalqimizning tinch va farovon hayoti uchun ishonchli kafolat bo‘lgan Bosh Qomusimizni bugungi davr talablariga mos holda, eng muhimi, fuqarolarimiz xohish-irodasi va fikri hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida haqiqiy xalq Konstitutsiyasiga aylantirish ishlari amalga oshirilb kelinganligini aytib o‘tdi.