Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilmoqda

#hamkorlik
#AYM

📌 «Avtomobil yo’llari qurilishida ishlatiladigan tosh materiallari mustahkamlash» mavzusida masofaviy davra suhbati tashkil qilindi.

⚡️ Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti va OSLOMET (Oslo metropolitan university, Norvegiya) o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatilmoqda. Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti «Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish» kafedrasi professor-o’qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari bilan Norvegiyaning Oslo metropolitan universiteti Texnologiyalar, san’at va loyihalash fakultetining «Atrof-muhit qurilishi» kafedrasi professori Diego Maria Barbieri lar bilan hamkorlikda «Avtomobil yo’llari qurilishida ishlatiladigan tosh materiallari mustahkamlash» mavzusida masofaviy davra suhbati tashkil qilindi.

✅ Uchrashuvda har ikki tomon o’zining mavzu doirasidagi tajribalari va imkoniyatlari haqida o’zaro ma’lumotlar almashishdi. Shuningdek o’tgan uchrashuv kun tartibidan ta’lim sifati va ilmiy faoliyatlarning samaradorligini oshirish, o’zaro rasmiy hamkorlik aloqalarini o’rnatish masalalari ham joy oldi. O’zaro qizg’in bahs va munozaralarga boy kechgan uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun dastlabki amalga oshirilishi kerak bo’lgan vazifalarni aniqlab oldilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.