#Xotin_qizlar_faoliyati
#ETKM
📌 Talaba-qizlar turar joyida ular bilan turli milliy taomlar tayyorlandi.
🛎 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti «Informatika va kompyuter grafikasi» kafedrasi o‘qituvchilari N.Sh.Xodjayeva, I.Q.Xakimova, E.V.Qodirova, G.X.Nishanova, A.L.Nam va universitet «Qaynona-kelin maktabi» rahbari M.M.Botirova 5-TTJda talaba-qizlar bilan birgalikda milliy taomlarimizdan bo‘lmish tuxum-barak hamda chaban salatlarini birgalikda tayyorlashdi. Tayyorlangan kaloriyaga boy taomlar juda mazali chiqdi.
📎 Kelgusida bunday pazandalik to‘garaklari davomiy tashkil etilishiga kelishib olindi. Yuqorida tashkil etilgan to‘garaklar orqali talaba-qizlarimiz universitetda nafaqat soha bilimlarini o‘rganishmoqda balki oila maktabi ko‘nikmalarini ham parallel o‘zlashtirib borishmoqda.