Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Hamkorlik memorandumi imzolandi

#hamkorlik
#kadrlar_tayyorlash

📌 “ENERGOMAX” kompaniyasi bilan kadrlar tayyorlash sohasi boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

⚡️ Toshkent Davlat Transport Universiteti vakillari ENERGOMAX kompaniyasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida, kompaniya va universitetimiz vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor S.S. Shaumarov, Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i Haydarov boshchiligidagi universitet vakillari va ENERGOMAX kompaniyasidan Bosh direktor o’rinbosari M.B. Ibragimova, Kadrlar bo’limi menejeri F.B. Agzamova va bir qator kompaniya vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda universitet va kompaniya oʻrtasida qo‘shma ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati va malakali kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida hamkorlik memorandum imzolandi.

✅ Memorandum doirasida universitetning bir guruh talabalari «ENERGOMAX» kompaniyasi bo‘ylab ekskursiya qilishdi. Ekskursiya davomida talabalarga kompaniya faoliyati, uning bo‘linmalari hamda unda ishlashni istaganlarga taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma‘lumot olish imkoniyati berildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.