#ishtirok
«Sun’iy intellekt-barqaror iqtisodiy rivojlanish asosi» mavzusidagi ma’ruza tashkil etildi.
Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan «Sun’iy intellekt-barqaror iqtisodiy rivojlanish asosi» mavzusidagi ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruzani Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi О.Salimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qaroridagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasida sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta’minlash belgilab berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ochib berdi.
Ma’ruzada universitet prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, yosh professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar jamg‘arma majlislar zalidan, shuningdek, hududlardagi OTMlar rahbarlari, mutaxassislari, professor-o‘qituvchilari va talabalari ZOOM platformasi orqali hududlardagi studiyalardan ma’ruzani tinglashdi.




