#jaholatga_qarshi_marifat
#AYM
📌 «Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash-barqarorlik omili» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti faollar zalida universitet professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirokida “Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash-barqarorlik omili!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Sh.Jumaev o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Sh.Jumaev o‘z so‘zida hozirgi kunda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya yo‘nalishidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshig‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etayotganlidi, yoshlar ongida ona Vatanimizga bo‘lgan muhabbati, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi o‘z dinimizga sadoqat tuyg‘ularini yanada shakillantirishimiz, kelajak avlodlarga yetkazib, kerak bo‘lsa ularning ongida va qalbida mafkuraviy, ma’naviy immunitetni kuchaytirishimiz muhim o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi tomonidan asoslangan holda javoblar berildi. Tadbir bahs-munozaralarga boy tarza yuqori saviyada tashkil etildi.