Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda baxtsiz hodisalar bilan bog‘liq juda ko‘p tarqalayotgan postlar: falokatlar, yong‘in, is gazidan zaharlanish kabilar barchamizni yanada xushyor tortishga undamoqda.
Shu munosabat bilan bu kabi vaziyatlarning oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida 28-oktabr kuni universitet 8-TTJda profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi Profilaktika va nazorat bo‘linmasi inspektori leytenant Sardor Sulxonov va katta serjant G‘ofur Isonboyevlar ishtirok etdi
Mutaxassislar tomonidan birlamchi yong‘in o‘chirish vositasi (ognetushitel), yong‘in o‘chirish yengi (rukava)dan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Talabalarga mavzuga oid ko‘rsatma plakatlar va qo‘llanmalar tarqatildi.
8-TTJ pedagog- tarbiyachisi
Ulug‘bek Mardonov