“Chet tillar” kafedrasi professor – o‘qituvchilari EM-750 guruh talabalari bilan birgalikda 30-Mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar.
“Ezgu amalning katta kichigi bo‘lmaydi” rukni ostidagi tashrif Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning birinchisi “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san‘atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste‘dodini yuzaga chiqarish” doirasida o‘tkazildi.
Tashrif davomida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining rassomlik va rang-tasvir faoliyati, bolajonlarning san’atga qiziqishlari va kelajakda qanday kasb egalari bo‘lishlari haqida qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi.
Suhbat yakunida bolajonlar turli qiziqarli savollariga javob olishdi, kafedraning sovg‘alari taqdim etildi.