30-oktabr kuni Mirobod tumanidagi 154-maktab va Toshkent davlat transport universiteti “O‘zbek (rus) tili” kafedrasi hamkorligida “Nafosat gulshanining bulbullari” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktabning fidoiy o‘qituvchisi D.J.Mirzayev rahbarligida o‘quvchilar tomonidan Lutfiy, A.Navoiy, Z.M.Bobur, Muqimiy, Furqat, Zulfiya, E.Vohidov, A.Oripov, M.Yusuf ijodidan she’rlar o‘qildi va mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.
— “Ezgu so‘z millatlarni, xalqlarni, davlatlarni birlashtiradi. So‘zda ana shunday ijobiy qudrat bor. Biz so‘zdan doimo halol foydalana bilishga o‘rganishimiz kerak,”- deya o‘quvchilarga uqtirdi f.f.n. — Pushkin 21 ming 197 ta so‘zni, Shekspir salkam 20 mingta, Servantes 18 mingga yaqin so‘zni, Alisher Navoiy esa 1 million 378 ming 660 so‘z, jumladan 26 mingta betakror so‘zni ishlatgan. Bugun shular xususida batafsil suhbatlashdik. Bolajonlar katta qiziqish bilan tinglashdi.
— Darhaqiqat, yoshlarimizni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda badiiy adabiyotning o‘rni beqiyos. Adabiyot so‘z orqali o‘quvchilarning ong va shuurini o‘zgartiradi. Bu mashaqqatli ishda bizga ko‘makdosh bo‘lib kelayotgan Toshkent davlat transport universiteti “O‘zbek (rus) tili” kafedrasi professor-o‘qituvchilariga tashakkurimizni bildiramiz”,- deya tadbirni yakunladi maktab direktori N.S.Mirsaatova.