forum
ATMF
⚡️Toshkent davlat transport universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “Kutubxonachi yoshlar” forumi doirasida “Yangi O‘zbekiston rivojlanishida transport vositalarining ahamiyati” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Avtomobil transporti muhandisligi fakultetining “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari, Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona xodimlari, ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
📌Tadbir avvalida tashkil etilgan kitoblar yarmarkasida kafedramiz a’zolari va talabalar turli janrdagi badiiy va texnikaga oid yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.
📚Tadbirni kutubxona direktor o‘rinbosari N. Xoldorova ochib berdi. “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi mudiri R.N.Axmatjanov so‘zga chiqib kafedraning ilmiy ishlar borasidagi yutuqlari bilan tanishtirdi, “Yangi O‘zbekiston barqaror rivojlanish yo‘lida” mavzuida taqdimot qildi.
🗞Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari ham so‘zga chiqib sohaga oid islohotlar, transport vositalari, ularda ishlatiladigan yonilg‘i-moylash materiallari, haqida qimmatli ma’lumotlar berishdi.
📎Tadbir so‘ngida kutubxona rahbariyati o‘zining minnatdorchiligi izhori sifatida davra suhbatini mazmunli o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shgan professor-o‘qituvchilarni tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirladilar.
💫Tadbir Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutasaddilari, kafedramiz professor-o‘qituvchilari va talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Sayyora Mirdodayeva
Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)