Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Yashil makon yaratamiz” shiori ostidagi daraxt ekish ekologik aksiyasi boshlandi

Xabar berganimizdek, bugun Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti “Transport, ekologiya va salomatlik” mavzuida, “Yashil makon yaratamiz” shiori ostida daraxt ekish ekologik aksiyasini o‘tkazdi.

Oliy ta’lim muassasalarida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amaliyotga joriy qilish, shaharlar, tuman markazlari, aholi punktlari hamda oliy va professional ta’lim muassasalarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash ishlarini jadallashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlarni faol jalb qilish, loyiha doirasida faollik ko‘rsatgan professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tadbir avvalida davra suhbati tashkil etildi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi raisi, “Transport energetik qurilmalari” kafedrasiprofessori Shadimetov Yusufjon,Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘iDexqonov Farxod,universitet prorektori Baratov Dilshod,Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti dekani Ibragimov Botir hamda “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi mudiri Axmatjanov Ravshanjonlar nutq so‘zladilar.

Tadbir doirasida hamkorlar bilan bir piyola choy ustida hamkorlik shartnomasi bo‘yich bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan gaplashib olindi.

Unda Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida “Transport energetik qurilmalari” kafedrasining filialini ochish, alohida xona tashkil etish, BMI va MD mavzularini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni shakllantirish hamda shartnomada ko‘rsatilgan bandlarning bajarilishi va monitoring yuzasidan kelishib olindi.

Tadbirning II-qismida “Ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik” loyihasi doirasidagi professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar o’rtasidagi ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Hamkor tashkilotlar tomonidan mevali va ignabargli daraxtlar keltirildi.

Daraxtlarni ekishda professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

— Ekilgan ko‘chatlar soni va ularni to‘liq undirib olish uchun bajarilgan barcha amaliy tadbirlarga alohida e’tibor qaratdik, — deydi prorektor Dilshod Baratov. — Shuningdek, ishtirokchilarning ko‘chat ekish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga egaligi, landshaft-dizayn yarata olganligi, turli ko‘chatlarni ekishdagi ishtirokini ham inobatga olib g‘oliblarni aniqladik.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha:

Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida 1-o‘rin TEQ kafedrasi assistenti Ayrapetov Dmitriy

2-o‘rin TEQ kafedrasi assistenti Meliyev Vaxobjon

3-o‘rin TEQ kafedrasi assistenti Niyazov Hoshimjon

Talaba-yoshlar o‘rtasida 1-o‘rin EAM-1 talabasi Yo’ldoshev Ilyos

2-o‘rin EAM-3 guruh talabasi Husanov Abbos

3-o‘rin EAM-3 guruh talabasi Saidqulov Diyorbek

Kotiba Sayyora Mirdodayeva

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.