📌 «Chet tillar» kafedrasi o’qituvchisi Saydaliyeva.D.Z. «Odam savdosiga qarshimiz» mavzusida soha mutaxassislari ishirokida talabalar bilan suhbat o’tkazdi.
🔖Tadbirga Toshkent shahar Mirobod tumani Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo’limi boshlig’i K. Xikmatova va mayor M.Kamolovalar taklif etildi. Mutaxassislar mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
🎥Tadbirning ikkinchi qismida odam savdosining ayanchli oqibatlari bilan bog’liq videorolik qo’yib berildi.
Suhbat yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar berib qoniqarli javoblar olishdi.