tyutor
seminar
⚡️Xabaringiz bor, noyabr oyi boshidan oliy ta’lim muassasamizda tyutorlar o‘z faoliyatini boshladi.
Bugun ilk bora ilmiy kengashlar zalida tyutorlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha barcha tyutorlar ishtirokida seminar o‘tkazildi.
📌Seminarga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Dilshod Baratov raislik qildi.
Seminar davomida tyutorlar faoliyatidagi asosiy masalalar: tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish — Iqtisodiyot fakulteti misolida, talabalarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratish, komplaens nazorat, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida mavjud to‘garaklar faoliyati, talabalar turar joylariga talabalarni joylashtirish tartibi hamda TTJdan foydalanish qoidalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.
📎Eslatma: Tyutor — bu oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritadigan, tegishli malaka talablariga javob beradigan, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan xodim bo‘lib, o‘ziga biriktirilgan guruh talabalarining ta’lim olishlarida, shuningdek, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarida ko‘maklashadi, ularni insonparvarlik, adolat, mehnatsevarlik, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, beshta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan to‘garak va klublarga jalb etish, ta’lim olish jarayonida yuzaga keladigan barcha masala va muammoni o‘rnatilgan tartibda bartaraf etishga qaratilgan faoliyatni olib boradi.
Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)