Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

“Eline preess.co” ilmiy-maslahat markazi mutasaddi xodimlari ishtirokida master–klass va trening o‘tkazildi

  • Home
  • Yangiliklar
  • Yangiliklar
  • “Eline preess.co” ilmiy-maslahat markazi mutasaddi xodimlari ishtirokida master–klass va trening o‘tkazildi

axborot_tizimlari

master-klass

📌Avtomobil transporti muhandisligi fakultetida “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi tashabbusi bilan “Eline preess.co” ilmiy-maslahat markazi mutasaddi xodimlari ishtirokida master–klass va treninglar o‘tkazildi.

⚡️Unda fakultet dekani B.D. Ibragimov, dekan muovinlari, “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda magistrantlar ishtirok etdi.

🔖Kompaniya menejerlari Shodmonova Feruza hamda Mixayl Vaselevichlar so‘zga chiqib EBSCO axborot tizimlari haqidagi taqdimotni ishtirokchilar e’tiboriga havola qildilar. EBSCO mahsulotlar va xizmatlari dunyo bo‘ylab 98000 nashriyot tashkilotlari bilan hamkorlik qilishi va EBSCO resurslari akademik, korporativ va davlat (axborot sohasi, mudofaa, ta’lim) sektorlari yo‘nalishlardagi tadqiqotlar uchun ishlatilishi haqida ma’lumotlar berishdi.
Tadbir ishtirokchilari berilgan savollarga to‘liq va aniq javoblar olishdi.
Tadbir so‘ngida “Eline press.co” kompaniyasi vakillari tadbir ishtirokchilariga o‘z kompaniyalari haqidagi flyerlarini va aloqa uchun tashrif qog‘ozlari, ma’lumotlar jamlanmalarini tarqatdilar. Shu bilan birga ularga axborot resurslaridan bepul foydalanish uchun “login/parollar”ni taqdim etdilar. Bu bilan O‘zbekistondagina bepul foydalanish mumkinligi aytildi. Boshqa davlatlarda bu manbalardan foydalanish pullik xizmat orqali amalga oshirilishi haqida ma’lum qilindi.

🗣Tadbir juda qiziqarli o‘tdi va kelgusida yana uchrashuv tashkil etish va unda trening tartibda ishtirokchilarga komputerlarda amaliy ko‘nikmalar asosida o‘tkazish haqida kelishib olindi.

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.