Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Vaksinatsiya koronavirusning yangi mutatsiyalariga qarshi salmoqli darajada mustahkamroq immunitetni taʼminlaydi

  • Home
  • Yangiliklar
  • Yangiliklar
  • Vaksinatsiya koronavirusning yangi mutatsiyalariga qarshi salmoqli darajada mustahkamroq immunitetni taʼminlaydi

vaksina_oling

COVID-19 ga chalinishmi yoki vaktsina olish – qaysi biri afzal?

☝️Oʼzimizni ehtiyot qilishning eng ishonchli usuli — COVID-19 dan emlanish boʼlib, bu kasallikni kechirish oqibatida hosil boʼldigan antitanalarga nisbatan 5 barobar kuchli boʼlgan himoyani taʼminlaydi!

SARS-CoV-2 virusi organizmda salomatlik uchun jiddiy xavf tugʼdiradigan uzoq muddatli oʼzgarishlarni keltirib chiqaradi. Jiddiy nojoʼya taʼsirlar vujudga kelish xavfining oʼzi, ushbu kasallikdan har qanday usulda himoyalanish afzalligini anglatadi.

Indiana universiteti Tibbiyot maetabi olimlarining aniqlashicha, vaksinatsiya, kechirilgan kasallikka nisbatan, koronavirusning yangi mutatsiyalariga qarshi salmoqli darajada mustahkamroq immunitetni taʼminlaydi.

Tadqiqotchilar АQShning toʼqqizta shtatida 201 ming nafardan ortiq gospitalizatsiya qilinganlar haqida maʼlumot toʼpladilar. Ulardan, tahlil uchun 7 000 nafari tanlab olindi. Tadqiqotchilar koronavirusga chalinib, gospitalizatsiya qilinishdan avval kamida uch oydan avval COVID-19 ga chalingan hamda Pfizer yoki Moderna vaksinalari bilan emlangan va tadqiqot doirasida shifoxonaga tushishdan oldin kovidga chalinmagan odamlar sonini tahlil qildi.

Olimlar avval COVID-19 bilan kasallangan, emlanmagan kattalar, vaktsina olganlarga nisbatan shifoxonaga tahminan besh barobar koʼp murojaat qilganlarini aniqladilar. Shuningdek, vaktsinalar 65 yoshdan katta shaxslarni gospitalizatsiyadan deyarli 20 barobar samaraliroq himoya qiladi.

«Ushbu maʼlumotlar vaktsinatsiya tabiiy immunitetga nisbatan COVID-19 dan yaxshiroq himoyani taʼminlashini tasdiqlaydi, — deya tushuntirish berdi doktor Shon Grannis. — Koʼplar, kasallikka avval chalingan boʼlsa, emlanish kerakmi degan savolni beradi. Javob – ijobiy».
Manba: vaksinauzb

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.