xalqaro_hamkorlik
📌Xabaringiz bor, kuni kecha Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti “Shahar yo‘llari va ko‘chalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining Belorussiya milliy texnika universiteti TDTrU+BNTU qo‘shma fakulteti dekani Nikolay Vasilevich Vishnyakov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Hozirda mazkur uchrashuv davom etmoqda.
⚡️Navbatdagi tashrif fakultetning “Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasiga bo’ldi. Uchrashuv davomida fakultet dekani A.X. O‘roqov va “Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Trassa” ko‘chma yo‘l laboratoriyasi bilan yo‘lning ravonligini, yo‘l qoplamasining tarkibini va bir qancha yo‘l ustida tadqiqot olib borish uchun afzalliklari bilan mehmonni yaqindan tanishtirdilar, shuningdek, N.V. Vishnyakov ham Belorussiyada qo‘llaniladigan laboratoriya jihozlari xususida ma’lumot berdi.
Tashrif va tajriba almashish davom etmoqda.
Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Twitter (https://twitter.com/manaviyatt)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)