Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Universitet talabalari «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021″da o’z takliflari bilan ishtirok etmoqda

  • Home
  • Yangiliklar
  • Yangiliklar
  • Universitet talabalari «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021″da o’z takliflari bilan ishtirok etmoqda

yoshlar_forumi

kuzatuvchimizdan_xat

⚡️Xabaringiz bor, 18-dekabrdan 25-dekabrga qadar yilning eng qaynoq va unutilmas voqeligi — «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» o’tkazilmoqda.

📑Yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitish uchun maydon yaratish, zamon qahramonlarini kashf etish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va mamlakatdagi yangilanishlarga faol jalb qilishni maqsad qilgan mazkur forum Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etildi.

📎Forumda ishtirok etish sharti juda oddiy bo’ldi. Yoshlarga yuqoridagi maqsad yo’lida turli takliflar berish. Faol yoshlar tomonidan 10 000dan ortiq takliflar berildi. Vazirlik, tashkilot va idoralar vakillaridan iborat tajribali ekspertlar guruhi tomonidan yoshlarning yuborgan takliflari o‘rganib chiqilib eng yaxshi taklif egalari “O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

☝️Quvonarlisi shundaki, mazkur tashabbuskor talabalar orasida universitetimiz talabalari ham bor.
🎤— Forum doirasida men ham Yoshlarforumi.uz platformasiga «Yoshlar huquqlari» yo’nalishi bo’yicha o’zimning taklifimni yubordim, — deydi Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti talabasi Zafarjon Bozorov. — O’n mingdan ortiq takliflar ichida mening ham taklifim tasdiqlandi. Bu meni yanada shijoatlantirdi. Keyingi tadbirlarda ham albatta o’z taklif va mulohazalarim bilan ishtirok etaman.

Manashunday tashabbuskor, ilmga chanqoq talabalardan yanada yangi muvaffaqiyatlarni kutib qolamiz va omad tilaymiz.

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Twitter (https://twitter.com/manaviyatt)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.