Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti zahiradagi ofitserlar bilan davra suhbati tashkil etdi

vatan_himoyachilari_kuni

onlayn_suhbat

⚡️Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflarida faoliyat olib borgan bir guruh zahiradagi ofitserlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

📑Uchrashuvda zahiradagi podpolkovnik A.S. Xamidov, TTESI Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, zahiradagi podpolkovnik R.F. Nodirov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi professori, podpolkovnik N.Y. Maxkamov, TTESI Mehnat muhofazasi kafedrasi mudiri, professor O. Yo‘ldosheva va boshqa zahiradagi ofitserlar ishtirok etdilar.

🔖Onlayn tarzda tashkil etilgan tadbirni zahiradagi podpolkovnik, universitet “Texnosfera xavfsizligi” kafedrasi dotsenti Sh. Abdazimov olib bordi. So‘zga chiqqan mutaxassislar harbiylikning mashaqqatlari va mas’uliyati to‘g‘risida yoshlarga so‘zlab berish bilan bir qatorda, vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlayotgan askarlarimizning harbiy salohiyatlari to‘g‘risida ham so‘zlab berishdi. Tadbir so‘ngida fakultet dekan o‘rinbosari N.K. Aripov yig‘ilganlarni bayram bilan qutlab, tadbirdagi ishtiroklari uchun harbiylarga fakultet jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.