Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi matematika instituti hamkorligida seminar tashkil etildi

seminar

⚡️Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasida professor X. M Shadimetov rahbarligida “Hisoblash matematikasi va informatikaning zamonaviy muammolari” deb nomlangan seminar o‘tkazildi. Unda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti, Termiz davlat universiteti, Farg‘ona davlat muhandislik va injenerlik universiteti professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.

📌O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi matematika instituti fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdullo Hayotov “Chekli elementlar usuli” mavzusida ma’ruza qildi. Hozirgi kunda tabiiy jarayonlarning yuqori aniqlikdagi matematik modellari sifatida qaraladigan differensial va integral tenglamalar hamda ularning sistemalarini taqribiy yechish uchun differensiallanuvchi funksiyalarning gilbert fazolarida optimal interpolyatsion splaynlarni qurish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada maqsadli ilmiy tadqiqotlarni, jumladan, davriy va davriy bo‘lmagan funksiyalarning turli gilbert va banax fazolarida splaynlar qurish kabi ilmiy izlanishlarni amalga oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu ishlar amaliy tadbiqlari tibbiyotda kompyuter tomografiyasida ishlatiladi. Professor ana shular xususida batafsil to‘xtaldi.

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.