sog’lom_turmush_tarzi
vaksina_oling
✍️Sog‘lom turmush-tarziga rioya etish ko‘plab muammolarning oldini olish demakdir. Bugun ushbu mavzuga juda ko‘p duch kelayapmiz. Bir qaraganda qiyin ko‘rinuvchi, anchagina kuch, sabr va iroda, vaqt va sharoit talab etuvchi sog‘lom turmush-tarzining asosiy qoidalari nimalardan iborat? Qanday qilib yuqumli kasalliklardan himoyalanish mumkin?
“Sog‘lom turmush madaniyati oyligi” doirasida “Shaxsiy gigiyena bu salomatlik formulasidir!” mavzusida joriy yilning 22-yanvar kuni Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti “Shahar yo‘llari va ko‘chalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
⚡️Tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Mirobod tumani bo‘limi vrach-epidemiologi Sh. Raximova ishtirok etib, sog‘lom turmush-tarziga rioya etish, jumladan, XXI asr vabosi nomiga da’vogarlik qilayotgan “Covid-2019” virusi va undan saqlanish choralari, vaksina olishning ahamiyati xususida ma’lumotlar berildi.
Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)