#Rahbar_va_yoshlar
Iqtisodiyot fakultetida joriy yilning 31- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida onlayn shaklda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Unda fakultet rahbariyati tomonidan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarga oid davlat siyosati, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 31-yanvardagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Qarorlari xususida talabalarga batafsil ma’lumotlar berildi, fikrlar bildirildi.
Shuningdek, chat so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.