#Ma’naviyat_soati
#Rahbar_va_yoshlar
Xabaringiz bor, yanvar oyi davomida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi loyihasi doirasida 3 marotaba O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.A. Gulamov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor D.X. Baratov, Sirtqi bo‘lim boshlig‘i, qabul komissiyasi mas’ul kotibi o‘rinbosari M.A. Xadjimuxamedova, qabul komissiyasi mas’ul kotibi Z.Sh. Tursunov ishtirokida onlayn ochiq muloqotlar tashkil etilib ming nafarga yaqin talaba ishtirok etdi, 150dan ortiq savollarga javob berildi.
Talaba-yoshlar bilan bevosita aloqa o‘rnatish, ularni qiynayotgan muammolarni hal qilish, savollariga javob berish maqsadida tashkil etilgan muloqotlar endilikda fakultetlar kesimida dekan, dekan o‘rinbosarlari ishtirokida ham o‘tkazilmoqda. Muloqot davomida asosan onlayn o‘qish tartibi, onlayn imtihon topshirish, talabalar turar joylari, ikkinchi qaydnoma (vedomost) muddatlari, qishki o‘qishni ko‘chirish tartibi va boshqa masalalar yuzasidan savollarga batafsil javob berildi.
Kecha 1-fevral kuni Qurilish muhandisligi fakultetining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ham ana shunday ochiq muloqot onlayn o‘tkazildi.
Unda fakultet dekani A.R. Babayev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.I. Mamurova, o‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari M.E.Abduvahobov, X.O. Samandarov ishtirok etib talabalarning savollariga javob berdilar.
Shuningdek, bugun Iqtisodiyot fakulteti rahbariyatining talabalar bilan onlayn uchrashuvi rejalashtirilgan.