huquqbuzarlikka_qarshi_kurash
Iqtisodiyot fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamkorligida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Unda Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili, podpolkovnik S. Xudoynazarov, bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik R. Qurbanovlar talabalar bilan suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jumladan, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, jinoyatga jazo muqarrarligi, OITS-asr vabosi, davlatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida to‘xtaldilar. Shuningdek, shu mavzudagi videorolik ham qo‘yib berildi.
Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)