Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Mehribonlik uyida Bobur tavalludiga bag’ishlab suhbat o’tkazildi

universitet_va_mehribonlik_uyi

Bobur_tavalludi

📎Kecha “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 30- mehribonlik uyiga tashrifi amalga oshirildi.

Professor-o‘qituvchilarga mehribonlik uyi direktorining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik U. Parajilaev hamrohlik qildi.
Tashrif doirasida tarbiyalanuvchilar bilan adabiyotimizning yirik vakili, buyuk shoir, geograf, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlab suhbat o‘tkazildi.

So‘ngra mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining qiziqishlari so‘raldi. Ularning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini yanada boyitish maqsadida yurtimizda yetishib chiqqan olim-u mutafakkirlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berdilar.

Tashrif so’ngida kompyuter tashqi qurilmalari sovg’a qilindi.

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.