Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida vebinar tashkil etildi

vebinar

📜Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan avtomobil yo‘llari loyiha yechimlarni baholash uchun mo‘ljallangan ORIS intellektual platformasi bo‘yicha o‘quv vebinar tashkil etildi.

Vebinarda ORIS vakillari Nicolas Mirvalls (CEO), Renaud De Montaignac (COO), Hugo Pley Leclercq (PM) tomonidan ushbu platformaning afzalliklari va qo‘llash zaruriyati bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Transport universireti “Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi doktorantlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

ORIS bu — avtomobil yo‘llari loyiha yechimlarini harakat xavfsizligi, iqtisodiy samaradorlik va ekologik tomondan optimallashgan holda baholashda qo‘llash uchun mo‘ljallangan raqamli intellektual platforma.

🛣Shuningdek, vebinar davomida ushbu platformani A380 avtomobil yo‘liga tadbiq etish natijalari ham muhokаma qilindi.

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.