Xotin_qizlar_kengashi
beshta_muhim_tashabbus
🌟Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G. Niyazova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O. Ashurov hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida kiyinish odobi, OTMlarda odob-axloq qoidalariga rioya qilishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning beshinchi yo‘nalishi ijrosini ta’minlash borasida fakultetda tashkil etilgan pazandachilik, tikuvchilik to‘garaklariga jalb qilish borasida ham tushuntirish ishlari olib borildi.
Suhbat davomida talaba-qizlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va atroflicha javoblar olishdi.
Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tashiit.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)