Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Ijarada yashovchi talabalarning jami 305 nafariga to‘lov qilib berildi

hisobot

ijara_tolovi

📎Universitet Talabalar turar joylari bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berishga bag‘ishlangan komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

“Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida nizom”dagi mezonlarga mos kelgan talabgorlar ro‘yxati ko‘rib chiqilib, Komissiya xulosasiga ko‘ra 11 nafar ijarada yashovchi talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini to‘lab berish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shuningdek, universitet talabalaridan ijarada yashovchilarining jami 305 nafariga shu kunga qadar to‘lov qilib berildi. Talabalardan 297 nafari talaba- yigitlar, 8 nafari talaba-qizlar tashkil etadi.

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tstu.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.