Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Xotira — muqaddas tuyg‘u!

Muzeyga_tashrif

Ijtimoiy_fanlar_kafedrasi

📌“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, f.f.d. R. Xudayberganov Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakultetining talabalari bilan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida talabalar xalqni ozodlikka da’vat etgan, Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun kurashda qahramonlik ko‘rsatgan, totalitar tuzum davrida ommaviy siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan, Milliy uyg‘onish davri ma’rifatparlarining ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy harakatlari bilan tanishdi.

“Shahidlar xotirasi” jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, 1937-yil sentabrida hozirgi Oʻzbekiston hududida 10700 kishi hibsga olinib, sudlangan, — deydi dotsent Ravshan Xudayberganov. — Ulardan 3613 nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan, 7087 nafari esa 8 yildan 10 yilgacha lagerlarda qamoqda saqlangan. 13-28-noyabrgacha bo‘lgan davrda 1611 kishi sudlangan bo‘lsa, 1937-yil dekabrda mahkumlar soni 3610 kishini tashkil etdi. Qurbonlar orasida Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon kabi taniqli arboblar, olim va adiblar bo‘lgan. Bugun ana shularni yana bir bor xotirladik.

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tstu.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.