Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

“Unitilmas satrlar” mavzusidagi bahr-u bayt tanlovi natijalari ma’lum qilindi

8-mart

tanlov_natijalari

✒️1-mart — bahorning ilk sanasi – O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun. Sana munosabati bilan yurtimizning barcha go‘shalarida, taʼlim muassasalarida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Toshkent davlat transport universitetida jamoat arbobi, sadoqat va vafo kuychisi Zulfiyaxonim tavallud topgan kunga bag‘ishlab universitet xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi ostida “Unitilmas satrlar” mavzusida bahr-u bayt ko‘rik-tanlov, adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.
Tadbir avvalida davlatimiz rahbari tomonidan ijod ahliga qaratilayotgan eʼtibor, Zulfiyaxonimning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, insoniy fazilatlari, kechinmalari va ijodi xususida maʼruzalar tinglandi.
Tadbir davomida qizlarimiz o‘zaro bellashib, o‘zbek adabiyotiga, xususan Zulfiyaxonim sheʼriyatiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
Tanlovda 1-o‘rinni Nargiza Rejepova (ETKM, YeM-2), 2-o‘rin Guljaxon Аbdufattoyeva (АTM, TVA-1), 3-o‘rin Diana Telmanova (ETKM, RQ-4) egalladilar.
Firuza Axmedova
Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tstu.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/siriusmedia_tdtu)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.