Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Universitetda kiyinish va tashqi ko‘rinishga oid qoidalar

soragan_edingiz

Universitet xodim, talaba va doktorantlari o‘z o‘qish va kasbiga mos bo‘lgan zamonaviy kiyimda bo‘lishlari lozim.
Universitet xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan xotin-qizlari diqqatni tortadigan, xususan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metall buyumlar bilan, tanasining ko‘rinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada universitetga kelishlari mumkin emas. Shuningdek, talabalarning universitetga kelishi ruxsat etilgan formasiga turli din va konfessiyalar hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Talaba-qizlar universitetga och rangli va yorqin rangda bo‘lmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka yoki odmi kostyum va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim, shuningdek, o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
Universitet xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan erkaklar oq, havorang, och jigar rang yoki och kulrang ko‘ylakda, klassik uslubdagi shim yoki odmi kostyum, galstukda va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim. Bunda, talabalar o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
Xodim, talaba va doktorantlarning auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyim (plash, palto, kurtka kabilar, bosh kiyim)da yurishlari ta’qiqlanadi.
Xodimlar, talabalar va doktorantlarning tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda, pokiza bo‘lishi lozim.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.