Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Президент Шавкат Мирзиёев Покистонга давлат ташрифини якунлаб, Тошкент шаҳрига қайтиб келган заҳотиёқ муҳим мавзу — олий таълим муассасалари талабалари бандлигини таъминлаш орқали уларнинг турмуш даражасини яхшилаш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказмоқда.

Сразу по прибытии в Ташкент после государственного визита в Пакистан Президент Шавкат Мирзиёев проводит видеоселекторное совещание по мерам повышения благосостояния студентов высших образовательных учреждений посредством обеспечения их занятости.


Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda (https://t.me/Press_Secretary_Uz/1357). Asosiy mavzu — OTMlar talabalari ishlab, daromad topishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish.

Hozirgi kunda mamlakatimiz oliygohlarida 510 ming nafar talaba kunduzgi shaklda o‘qimoqda (jami 820 ming nafar).

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq rektorlar, talabalar o‘rtasida suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Talabalarning 100 ming nafarga yaqini ishlash va qo‘shimcha daromad topish niyati borligini bildirgan.

Ayniqsa, ular orasida 7,5 ming chin etim yoki nogironligi bo‘lgan hamda 4,5 ming nafar “daftarlar”ga kiritilgan talabalar bor.

«Bu raqamlar haqiqatda ancha yuqori. Shuning uchun rektorlar har bir talaba bilan o‘zlari muloqot qilib, haqiqiy holatni bilish va ularni band qilishga shaxsan mas’ul», dedi davlatimiz rahbari.

Shu bilan birga, hozirgi kunda talabalar ishlashi mumkin bo‘lgan 105 mingta vakant ish o‘rinlari mavjud.


Hokim va rektorlar, bir narsani bilinglar — ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlash shart», dedi Prezident yig‘ilishda.

(https://t.me/Press_Secretary_Uz/1358)Bu ishlarni tizimli tashkil etish uchun Bosh vazir boshchiligida respublika komissiyasi tuzilishi belgilandi. Hokimlar ham rektorlar bilan birga hududlarda shunday komissiyalar tashkil etadi.

Komissiya:

  • viloyat hokimlari va rektorlar bilan birga har bir oliygoh kesimida “talabalar balansi”ni aniqlab oladi;
  • vakant o‘rinlarini tahlil qilib, har bir viloyat bo‘yicha 1, 2 va 3-kurs talabalarining kamida 30-40 foizini ishga joylash choralarini ko‘radi;
  • bitiruvchi kurslar talabalarini esa hokim, rektor va korxonalar bilan birgalikda kelgusidagi ish joyini belgilab oladi va ularni haq to‘lanadigan 3-4 oylik stajirovkaga yuboradi.


Eng avvalo, OTMlardagi bo‘sh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish orqali ularda pullik kurslar, to‘garaklar va boshqa xizmatlar hamda ishlab chiqarishlar tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda rektorlar OTMlarning yo‘nalishiga qarab, aholi va tadbirkorlarga pullik xizmatlar ko‘rsatib, 5 ming nafar talabaga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini yaratishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/1360).

Jumladan, OTMlarda:

  • qishloq xo‘jaligi va veterinariya yo‘nalishida issiqxona, bog‘dorchilik, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, hayvonlarni emlash;
  • xorijiy tillar yo‘nalishida – til o‘rgatish, turizm, tarjimonlik;
  • iqtisodiy yo‘nalishda – buxgalteriya, biznes rejalar ishlab chiqish, sug‘urta xizmatlari;
  • qurilish va arxitekturada – loyiha tayyorlash, dizaynerlik kabi pullik xizmatlarini yo‘lga qo‘ysa bo‘ladi.

Har bir oliygoh rektoriga Oliy ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bandlik markazlarini tashkil etish topshirildi.

Har bir OTMda bo‘sh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratib, kamida 10 tadan pullik kurslar, maishiy va boshqa xizmatlarni tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Bu orqali 5 ming nafar talaba daromad keltiradigan ish bilan band bo‘ladi.


Talabalar bandligini ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi shart-sharoitlar yaratiladi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/1361):

  • OTMlar hududida pullik o‘quv kurslari, sport to‘garaklari va boshqa xizmatlarni tashkil etgan talabalar daromad solig‘idan ozod qilinadi;
  • talabalarning oliygohlar hududidagi loyihalari uchun kredit resurslari ajratiladi;
  • rektorlar bir oy muddatda o‘z hududida talabalar bo‘sh vaqtida ishlab, daromad topishi uchun bittadan kovorking markazini tashkil etadi.

Rektorlar oldiga oliygohlardagi boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi lavozimlari bo‘yicha mavjud vakant joylarga 3 mingdan ziyod talabani ishga olish vazifasi qo‘yildi.

Hozir oliygohlardagi ko‘p lavozimlarga oliy ma’lumot bo‘lishi talab etiladi. Shu bois, istisno tariqasida, rektorlarga o‘z tizimidagi lavozimlarga talabani bilim va salohiyatidan kelib chiqib ishga joylashtirishga ruxsat etiladi.

TDTrU_online. Vaksina oling, [04.03.2022 19:31]
“Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi” – Prezident.

Oliygohlar atrofidagi maktab va bog‘chalarda 13 ming vakant ish o‘rinlari mavjud (https://t.me/Press_Secretary_Uz/1362). Kamida 10 ming nafar talabani ular uchun joylashuvi qulay bo‘lgan maktab va bog‘chalarga ishga joylashtirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga davlat korxonalaridagi vakansiyalar bo‘yicha har chorakda talabalar o‘rtasida tanlovlar e’lon qilib borish topshirildi.

Umuman, har bir tarmoq rahbari o‘z sohasidagi oliygohlar bilan tizimli ishlab, salohiyatli talabalarni tanlab borishi kerak.

Masalan, Markaziy bank har yili 3-4 kurs talabalari o‘rtasida tanlovlar e’lon qilib, 60 nafar talabani haq to‘lanadigan stajirovkaga jalb qilish tizimini yo‘lga qo‘ygan. Stajirovka yakunida eng yaxshi talabalarga doimiy ish taklif qilinadi.

Xuddi shunday ishlarni Iqtisodiyot, Moliya, Qurilish, Energetika, Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirliklari, soliq, kadastr idoralari tizimli tashkil etishi shart.

Ushbu yangi tizim orqali har yili 3 ming nafar talaba band qilinadi.

Yig‘ilishda davlat grantlari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga 2022 yilda kamida 3 ming nafar talabani jalb qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/1363).

Shu maqsadda oliygohlardagi ilmiy loyiha guruhlari tarkibining kamida 40 foizini talabalar hisobidan shakllantirishga topshiriq berildi.

Viloyat va shaharlar hokimlari, rektorlar oliygohlar va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘ysa, 30 ming nafar talabani ish bilan band qilish mumkinligi ta’kidlandi.

Bunda, viloyat hokimlari ish beruvchilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkalari, talabalar uchun biznes uchrashuvlar tashkil etishi lozim.

Shu bois, viloyat hokimlari, rektorlarga 1 apreldan boshlab har bir oliygohda mehnat yarmarkalarini o‘tkazish topshirildi.

Viloyat hokimlari oliygohlar bilan yirik kompaniya, klaster va boshqa korxonalar o‘rtasida hamkorlik tizimini yaratib, yil yakuniga qadar 10 ming nafar talabaning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rishi kerak.


“2021 yilda talabalar yotoqxonasi bo‘yicha tizim yaratildi. Lekin, barcha hududlarda ham ishlar bir xilda olib borilmayapti”, dedi Prezident yig‘ilishda (https://t.me/Press_Secretary_Uz/1364).

Bugungi kunda ehtiyoji bo‘lgan talabalarning 90 ming nafari yotoqxona bilan ta’minlangan, xolos. Misol uchun, 2022 yilda xususiy sherikchilik asosida 19 ming o‘rinli 47 ta talabalar yotoqxonasini qurish belgilangan bo‘lib, subsidiyalar uchun byudjetdan 180 milliard so‘m ajratilgan.

Bugungi kunda Andijon, Samarqand va Toshkent shahridan tashqari boshqa hududlarda ish boshlanmagani tanqid qilindi.

Shuningdek, ijarada yashayotgan talabalarga 2022 yilda byudjetdan 120 milliard so‘m subsidiyalar ajratilgan. Ya’ni, rektorlarga o‘tgan ikki oyda 24 milliard so‘m mablag‘ berilgan. Biroq, ushbu mablag‘lardan atigi 5 milliard so‘m ishlatilgan.

“Bir oy ichida o‘zgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinadi”, dedi Prezident.

Qaysi oliygoh rektori yotoqxona qurilishining 50 foizini o‘z oliygohi mablag‘i hisobidan qilish tashabbusini bildirsa, qolgan 50 foizi byudjetdan qoplanishi belgilandi.


Davlatimiz rahbari yana bir dolzarb masalaga to‘xtaldi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/1365).

“Bugungi kunda Ukraina oliygohlarida 370 dan ziyod yoshlarimiz ta’lim olmoqda va shundan 200 ga yaqini Vatanga qaytarildi. Qolganlarini ham yaqin 1 haftada qaytarish uchun barcha choralarni ko‘rayapmiz”, dedi Prezident.

Ushbu talabalarning aksariyati tibbiyot, transport, aviatsiya, iqtisodiyot, muhandislik, IT yo‘nalishlarida o‘qishmoqda.

Oliy ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, viloyat hokimlari boshchiligida komissiya tashkil etilishi belgilandi.

Komissiya bir hafta muddatda Ukrainadan qaytgan talabalarni o‘zimizdagi oliygohlarda o‘qishini davom ettirishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.

Bunda, Komissiya o‘qishni O‘zbekistonda davom ettirish istagi bo‘lgan talabalarni soddalashgan tartibda ko‘chirishni hal etadi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.