Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

seminar

AYMF

⚡️“Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasining professor-o‘qituvchilari Buxoro viloyatida “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminarida ishtirok etdilar.

Unda Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi, Buxoro yo‘l xo‘jaligi xodimlari malakasini oshirish ilmiy-tadqiqot o‘quv markazi, Buxoro avtomobil va yo‘llar texnikumi o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Seminar davomida “Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedrada olib borilayotgan “Xo‘jalik yo‘llarini loyihalashning o‘ziga xosliklari”, “Mahalliy materiallardan foydalangan holda yo‘l to‘shamalari konstruksiyalarini loyihalash va ularni kuchaytirish”, “Avtomobil yo‘llarini ko‘chuvchi qumlardan himoya qilish” (muammo va yechimlar), “Sho‘rlangan gruntli yo‘l ko‘tarmalarining hisobiy tavsiflarini yaxshilashning uslubiy asoslari” mavzularidagi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.
Shundan so‘ng A-380 “Guzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining qurilish texnologik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Telegram (https://t.me/tstu_online)|Facebook (https://www.facebook.com/tdtru.uz)|Web-sayt (http://manaviyat.tstu.uz/)|Instagram (https://www.instagram.com/tdtu_sirius_media)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCHsD0VuN4zSLRM5kD1Ex8eA)

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.