Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

talabalar o‘tmish va bugungi kun bunyodkorligini o‘zida uyg‘unlashtirgan ziyoratgohda bo’ldilar

Shuningdek, Iqtisodiyot, TTB hamda Qurilish fakultetlari jamoalari ham Zangiota yodgorlik majmui ziyoratgohida bo‘lishdi.

Tarixiy qadamjolar borki, ular viloyatning buyuk o‘tmishi, ko‘hna va boy madaniyatidan so‘zlaydi. Bu esa hududda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Zangiota hazratlari Markaziy Osiyo mintaqasida ІX–XІІ asrlarda yuz bergan birinchi ilmiy-madaniy yuksalish, ya’ni ilk Sharq Uyg‘onish davrining namoyandasi, o‘z zamonida hikmat va ma’naviyat, din va tasavvuf rivojiga katta hissa qo‘shgan mutasavvuf va avliyo bobolarimizdandir.

Maqbara o‘tmish va bugungi kun bunyodkorligini o‘zida uyg‘unlashtirgani bilan e’tiborni tortdi. Hovlilar keng va shinam. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu maskan ziyoratchilarda katta qiziqish uyg‘otadi.

Ziyorat davomida ana shular xususida ma’lumotlar berildi, shuningdek, talabalar ham ziyoratgoh haqidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.