Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Universitet «Yashil makon»ga aylantirilmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”, — degan edi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Xabaringiz bor, 1-martdan boshlab butun mamlakat bo‘ylab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlangan.

Bu borada butun Respublikada singari universitetda ham qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Iqtisodiyot fakulteti tomonidan 2021-2022-yillarda 200 tup manzarali va mevali daraxt ko’chatlari ekish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, fakultet tyutorlari tashabbusi bilan talabalar turar joyida ham mevali ko‘chatlar ekildi.

Shuningdek, Avtomobil transporti muhandisligi fakultetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar hashar, obodonlashtirish ishlarini olib bordilar. Hudud tozalanib, daraxtlar oqlandi, yerlar yumshatildi va ko‘chat ekishga tayyorlandi.

Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakultetida ham ishlar qizg‘in. Daraxtlar oqlanib, fakultet hududi chiqindilardan tozalab, gul va ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston bo‘ylab yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

Universitetda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.