“Informatika va kompyuter garfikasi” kafedrasi o’qituvchilari, fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi bilan birgalikda Mirobod tumanidagi 56-maktab o’quvchilari uchun “Ilm va bilim, harakat va izlanish” mavzusida davra suhbati o‘tkazdilar.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida universitetda ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan sharoitlar, faoliyat yuritayotgan fan to‘garaklari xususida batafsil ma’lumotlar berildi. Qizlarga ham ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma‘lumot berildi. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.