Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

“Toshkentmintaqaviy temir yo‘l uzeli”da amaliy dars o’tkazildi

#TTB_tyutor

#Amaliy_dars

Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti tyutor, o‘qituvchilari hamda talabalari uchun “Toshkentmintaqaviy temir yo‘l uzeli”ga qarashli “Hamza bekati”da amaliy dars tashkil etildi.

Texnikaviy foydalanish qoidalari va poyezdlar harakati xavfsizligi asoslari fanidan amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash va egallangan bilimlarni bekat texnologik jarayonlarida qo‘llanilishi tartibini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan darsda “Transport harakatini tashkil etish” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.M. To‘xtaxodjayeva, TLT-11 guruh talabalari va tyutori ishtirok etdi.

Amaliy darsda talabalar xavfli yuklar bilan ishlash texnologiyasi, ularni xavfsiz yetkazib berish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar va xavfli yuklarni tashish jarayonida yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etishda bekat ishchi-xodilmlarining xatti-harakatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.