Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

To‘g‘ri tanlangan kasb yarim baxtdir

Kecha Oqqo‘rg‘on tuman 2 — kasb — hunar maktabida “To‘g‘ri tanlangan kasb yarim baxtdir” deb nomlangan kasb musobaqasida universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etib keldi.

“Avtomobillarni ta’mirlash chilangari” kasbi bo‘yicha o‘quvchilarning qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i U.Q. To‘xtayev, hamkorlik shartnomasiga asosan universitetimizning “Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi” kafedra mudiri, texnika yo‘nalishi bo‘yicha falsafa doktori J.S. Avliyoqulov, dotsent  T. Qodirshayev, Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti Yoshlar masalalari va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.F. Ashurovlar hamda viloyatda avtotransport vositalari bilan bog‘liq yo‘nalishlari mavjud barcha professional ta’lim muassasalarining Kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari ishtirok etdilar.

Tadbirda o‘quvchilar o‘z kasblari boʻyicha kompetentsiyasilarini rivojlantirishda topshiriqlarni amaliy bajarish orqali ko‘rsatib berdilar.

G‘olib jamoalar taqdirlandilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.