Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

IT sohasi bo’yicha dasturlash musobaqasida ishtirok eting

ilm_innovatsiya

iinformation_technology

DIQQAT TANLOV !!!

IT sohasi bo’yicha dasturlash musobaqasi

Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi

  1. Talabalar va ta’limga mo’ljallangan loyihalar 📚
  2. Tadbirkorlik sohasiga mo’ljallangan loyihalar 💼
  3. Moliya sohasidagi texnologiyalar (FinTech) 📈

Loyihalarga qo’yiladigan talablar

  1. Loyiha ro’yxatdan o’tish sanasidan keyin amalga oshirilishi lozim ( domen nomi ro’yxatdan o’tish sanasidan kechroq olingan bo’lishi kerak);
  2. Loyiha jamoaviy bo’lishi lozim (kamida 3 a’zo);
  3. Ishtirokchilar faqat 1 guruhda qatnashishi va 1 guruh bitta loyiha ustida ishlashi talab etiladi;
  4. Loyihada foydalanuvchi SMS-xabarnoma orqali roʻyxatdan oʻtishi kerak;
  5. Loyihada roʻyxatdan oʻtish, avtorizatsiya, parolni tiklash, foydalanuvchi oʻz maʼlumotlarini oʻchirib tashlashi, foydalanuvchi profiliga ega boʻlishi kerak;
  6. Hakamlar hayʼati tomonidan talab qilinganda ishtirokchilar loyihaning manba kodini topshirishi va administrator huquqiga ega demo foydalanuvchi yaratib berishi lozim;
  7. Loyihalar 3 tilda boʻlishi kerak: O’zbek tili 🇺🇿, Ingliz tili 🇬🇧, Rus tili 🇷🇺

UZ domenidan foydalanish shart!

Musobaqa g’oliblarini aniqlash mezonlari
🏅Har bir hay’at a’zosi tomonidan eng kamida 1000 foydalanuvchisi bor loyihalar va loyihada amalga oshirilgan tranzaksiyalar (xarid, murojaat, post joylashtirish va boshqa) bor loyihalar ko’rilib chiqiladi va quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
1) WEB-sahifalarni responsive va cross-browser talablariga javob berishi;
2) Loyihani tanlangan yo’nalishiga mosligi;
3) Foydalanuvchilar bazasini shakllantirganda noqonuniy harakatlar ishlatmaganligini tekshirish.

🏅 Tahlil davomida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda ishtirokchi musobaqadan chetlashtiriladi
🏅G’olibni aniqlashga yordam beradigan boshqa mezon va ko’rsatkichlar

   Tanlovda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’ting.

(https://contests.inha.uz/#register)@iqtidorli_talaba_tdtru

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.