Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Talabalar “INNOPROM” Xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etib keldilar

#xalqaro_korgazma

#Aviatsiya
#ATMF
ETKMF

Joriy yilning 25-27-aprel kunlari Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “INNOPROM” Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Ana shu ko‘rgazmada Aviatsiya transporti muhandisligi, Avtomobil transporti muhandisligi hamda Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultet talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Unda O‘zbekiston, Rossiya, Belorus, Vengriya, Fransiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan 700 dan oshiq ishlab chiqarish kompaniyalari va biznes delegatsiyalari, 1300 dan ortiq jismoniy shaxslar qatnashdi. Talabalar ishtirokchi davlatlar tomonidan ko‘rgazma maydoniga joylashtirilgan metallurgiya, materiallar, sanoat avtomatlashtirilishi, mashinasozlik va uning qismlarini ishlab chiqarish singari bo‘limlarida o‘rnatilgan stendlarni ko‘rdilar, shuningdek, ishlab chiqarish loyihalarining investitsion jozibadorligini baholash mezonlari, investorlar uchun tashkilot faoliyatining shaffofligini taʼminlash, ijtimoiy masʼuliyat, barqaror rivojlanish tamoyillari va ularni muhokama qilish jarayonlarining guvohi bo‘ldilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.