📌 Transport universitetida «Infotrans Call-markazi» ishga tushdi
⚡ Toshkent shahar jamoat transporti tizimini kompleks rivojlantirish, yoʼlovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini koʼrsatish, transport infratuzilmasini yaxshilash, yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda piyodalarga qulay harakatlanish muhitini yaratish maqsadida universitetda Call markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
📞 Fuqarolar 1️⃣3️⃣1️⃣8️⃣ qisqa raqamlari orqali bog’lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari va takliflarini bildirishlari mumkin.
Diyora Axmedova




