Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Bitiruvchi yoshlar uchun universitet imkoniyatlari yoritilgan uchrashuvlar

#universitet_va_maktab
#seminar

🛎 Joriy yilning 18-may kuni bir qator fakultet faollari va talaba-yoshlari ishtirokida maktablarga tashrif uyushtirildi. bitiruvchi maktab o’quvchilarini universitetga qiziqtirish, jalb qilish maqsadida uchrashuvlar tashkil etildi.

✅ Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti tyutorlar jamoasi Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan 83-maktabida maktab bitiruvchilariga universitet haqida tanishtiruv seminarini o’tkazdi.

✅ Iqtisodiyot fakulteti Mirobod tumani 154-maktab bilan hamkorlikda maktab bitiruvchilarini universitetga jalb etish maqsadida “Men tanlagan universitet” mavzusida uchrashuv tadbiri oʼtkazdi.

✅ Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti tyutorlari va iqtidorli talabalari Mirobod tumani «Qorasuv» mahallasida joylashgan 154- maktabga tashrif buyurdilar.

📎 Tashrif davomida fakultetlar maktab bitiruvchilariga:
— universitet tuzilmasi;
— universitet qisqacha tarixi;
— abituriyentlar hujjat topshirishi mumkin bo‘lgan soha va yo‘nalishlar;
— o‘quv jarayoni («kredit modul» tizimi) haqida;
— kontrakt shartnomasini bo‘lib to‘lash bo‘yicha to‘lovlaridagi qulayliklar to‘g‘risida va bir qator ta’lim jarayoni bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar yetkazildi, bitiruvchilar savollariga javob berdilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.